Beshariqlik va narpaylik pillakorlar shartnomaviy rejani uddaladilar

Foto: Халқ сўзи
Fargʻona viloyati Beshariq tumani pillakorlari mamlakatimizda birinchilar qatorida davlatga pilla sotish shartnomaviy rejasini ortigʻi bilan bajardi.
Beshariq tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻtkir Ergashevning maʼlum qilishicha, qisqa fursatda 201,4 tonna qimmatbaho sanoat xom ashyosi yigʻib olindi. Joriy mavsumda fermer xoʻjaliklari va kasanachilar tomonidan 3 ming 530 quti ipak qurti parvarish qilindi. Shu tariqa tumanda mavsum yumushlari bilan 6 mingdan ziyod kishi band boʻldi. Ular uchun zarur shart-sharoit yaratilgani, moddiy va ijtimoiy taʼminotiga alohida eʼtibor qaratilgani oʻz samarasini berdi.
Shuningdek, Samarqand viloyati Narpay tumani pillakorlari ham «Samarqand silk AO» masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 290 tonna qimmatbaho “kumush tola” topshirib, shartnomaviy rejani uddaladilar.
Maʼlumot uchun. Joriy yilda Samarqand viloyatida 3 ming 109 tonna pilla yetishtirish rejalashtirilgan boʻlib, mavsumda 54 ming 518 quti ipak qurti parvarishlandi. Hisob-kitoblarga koʻra, birgina pilladan keladigan yillik daromad 76,7 milliard soʻmni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring