Beshariqda “Andarxon” qovunchilik klasteri tashkil etiladi

Foto: Халқ сўзи
Fargʻona viloyati Beshariq tumanida qoʻshni Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh hududda joylashgan Andarxon qishlogʻi azaldan poliz ekinlari, xususan, mazasi til yorar qovunlari bilan mashhur.
Ayni paytda “Andarxon” MFYda 845 dan ziyod xonadon boʻlib, deyarli har bir oila qovun yetishtirish bilan shugʻullanadi. Andorxonliklar qish va bahor faslida ham oʻz xonadonida tabiiy usulda qovun saqlab, qoʻshimcha daromad topib kelmoqda.
— Shundan topadigan daromadimizning har yili choʻgʻi biland boʻladi, — deydi andarxonlik Shamsiddin ota Isomiddinov. — Bizda koʻproq boʻrikalla, qirqma, umrboqiy, kampirtoʻn singari qovun navlari saqlanadi. Qishloq ahli oʻzimizdan ortib Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham dehqonchilik qiladi.
Shirindan shakar qovunlarni saqlashda qishloq hududining geografik joylashuvi ham muhim ahamiyatga ega. Hududning oʻziga xos shamoli va saqlash joylari qovunlarni hatto may oyigacha saqlash imkonini beradi.
Darvoqe, Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan qovun yetishtirish ushbu mahallani rivojlantirishning “oʻsish nuqtasi” sifatida qayd etilib, “Andarxon” qovunchilik klasteri tashkil etish belgilandi. Demak, andarxonliklar uchun yana yangi imkoniyatlar eshigi ochiladi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- Oʻzbekistonning limon eksporti kamaygan
- Dardoqdan chiqqan qahramon
- Inson — aziz, xotira — muqaddas
- OTMlarga qabul kvotalari eʼlon qilindi
- Germaniya tashqi ishlar vaziri Berbok Rossiyani oziq-ovqat urushi olib borayotganlikda aybladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring