“Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarining ikkinchi mavsumi maxsus maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida tashkil etiladi

17:45 25 Iyul 2023 Sport
433 0

Bugun Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasida mazkur musobaqalarni tashkil etish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimlari hamda Toshkent shahridagi Imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashgan maxsus maktab-internatlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Yigʻilishda mazkur musobaqalarni tashkil etish bilan bogʻliq masalalar, jumladan, oʻtkazish sanalari, bosqichi va qulay sport turlari koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер