Besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumida ishtirok etish uchun 1 mlndan koʻproq yoshlar roʻyxatdan oʻtdi

12:10 24 Avgust 2022 Jamiyat
436 0

Foto: Arxiv surat

Bu haqda AOKAda Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat va Sportni rivojlantirish vazirliklari rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Joriy yilning aprel-iyun oylari davomida ilk marotaba oʻtkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”da 6,2 mlndan ortiq yoshlar ishtirok etib, 540 nafardan ortiq yoshlar tanlov va musobaqalarning respublika bosqichi gʻolibi boʻldi.

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi doirasidagi tanlov va musobaqalarga arizalar joriy yilning 10-avgustdan – 9-sentyabrga qadar davom etadi.

Yoshlar bevosita mazkur olimpiada doirasida madaniyat, sanʼat, sport, kitobxonlik, axborot texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha 14 dan ortiq tanlov va musobaqalarda ishtirok etishlari mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?