“Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi 10-avgustdan — 9-sentyabrga qadar oʻtkaziladi

17:44 11 Avgust 2022 Jamiyat
1101 0

Foto: Arxiv surat

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov maʼlum qildi.

Olimpiada doirasida yoshlar madaniyat, sanʼat, sport, kitobxonlik, IT yoʻnalishlari boʻyicha 14 dan ortiq tanlov va musobaqada ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirokchilar yakka yoki jamoaviy tarzda beshtashabbus.uz sayti orqali elektron roʻyxatdan oʻtishadi.

Ikkinchi mavsum 5 ta (mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika) bosqichda oʻtkaziladi va Final bosqichi gʻoliblari joriy yilning dekabr oyida – “Yoshlar Forumi” doirasidagi tadbirlarda taqdirlanadilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?