“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi
“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga malaka toifasi berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.
Qarorga ko‘ra, 2025 yil:
1 martga qadar boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari yosh toifasi bo‘yicha harakatli o‘yinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari ro‘yxati shakllantiriladi;
1 iyunga qadar maktab o‘quvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, o‘quvchilarni sportga qamrab olinganlik darajasini aniqlash yuzasidan reyting tizimi ishlab chiqiladi;
1 mayga qadar maktab sport klublari a’zolari uchun Zomin tumani “Lochin” dam olish maskanida o‘quvchilarni sport musobaqalariga tayyorlash bazasi tashkil etaladi;
1 iyulga qadar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab:
5–11-sinflar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun o‘quv-metodik qo‘llanmalar ishlab chiqiladi;
har bir maktabda bosqichma-bosqich maktab sport klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
har yili an’anaviy tarzda maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring