“Besh tashabbus olimpiadasi”: mahallalarda yangi sport maydonchalari

Foto: Xalq so‘zi
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning birinchi mavsum yakuniga koʻra, Fargʻona viloyati sportchilari tomonidan respublika final bosqichida 24 ta jamoa gʻolib boʻldi. Ularning 5 tasi faxrli 1-, 10 tasi 2- hamda 9 tasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Bugungi kunga qadar Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan 24 ta – 1-oʻrin uchun 5 ta universal, 2-oʻrin uchun 10 ta stritbol va 3-oʻrin uchun 9 ta vorkaut maydonchalari qurilishi uchun gʻolib boʻlgan mahalla yoshlariga sertifikatlar taqdim etilgan.
Ayni paytda ushbu sertifikatlar asosida barcha shahar va tumanlarda sport maydonchalari qurilishi uchun yer maydonlari ajratib berildi. Hozirda tegishli mahallalarga kerakli jihozlar yetkazilib, qurilish ishlari qizgʻin amalga oshirilmoqda.
Fargʻona viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi Nodirbek Hakimovning aytishicha, mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika bosqichi gʻolib va sovrindorlari, hududida sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahalla terma jamoalari uchun stritbol, vorkaut va universal sport maydonchalarini qurib berish koʻzda tutilgan.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring