Besh sotixli limonzor bir oilaga 25 million soʻmgacha daromad keltirmoqda

Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona viloyati Yozyovon tumani «Soyyoni» mahalla fuqarolar yigʻinidagi 650 xonadonning 400 ga yaqinida tashkil etilgan issiqxonalarda limon va limon koʻchatlari yetishtiriladi. Mahallada yetishtirilayotgan sitrus meva asosan Qozogʻiston va Rossiyaga eksport qilinadi.
— Bitta oila tomorqasidagi oʻrtacha besh sotixli issiqxonada yiliga 2,5 tonna hosil olib, 20-25 million soʻmgacha daromad topmoqda, — deydi ushbu MFY raisi Mashrabjon Joʻrayev. — Shuningdek, mahalladagi aksariyat oilalarda limon koʻchatlari tayyorlab sotish ham yoʻlga qoʻyilgan. Bu birgina limonchilik tarmogʻi daromadi. Chorvachilik va bogʻdorchilik mahalla ahlining qoʻshimcha daromad manbai hisoblanadi.
Limonchilik mahallaning “oʻsish nuqtasi” sifatida belgilangan boʻlib, hayotiy tajriba ilm-fan yutuqlari, innovatsion gʻoyalar asosida rivojlantirilyapti. Hozirda tomorqalarda tomchilatib sugʻorish texnologiyasidan keng foydalanish, jahon bozorida xaridorgir navlarni mahalliylashtish orqali har gektar yerdan 70-80 tonnagacha limon olish borasida izlanishlar davom etyapti.
Shu bilan birga tomorqa mirishkorlari asalarichilikni rivojlantirish, yana bir sitrus meva – laym yetishtirishni yoʻlga qoʻyish, pavloniya parvarishlashni ommalashtirishga harakat qilayotir.
— Mahalladagi yosh oilalarga tomorqada limon yetishtirish borasida amaliy yordam koʻrsatmoqdamiz, — deydi shu sohaga ixtisoslashgan «Far sitrus» fermer xoʻjaligi rahbari Hikmatjon Joʻrayev. — Bitta tomorqaga oʻrtacha 50 tup limon ekish uchun koʻchatga 2,5 million soʻm sarflanadi. Isssiqxona xarajati 20 million soʻmga tushadi. Limon ikki yilda hosilga kirishi inobatga olinsa, ilk daromadning oʻzi barcha xarajatlarni qoplaydi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring