Beruniy tumanida 87 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi

18:29 27 Noyabr 2020 Siyosat
296 0

 

Avval xabar berilganidek, Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Malika Kadirxanova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Beruniy tumanida boʻlib turibdi.

Senator va deputatlar 2020-2023-yillarda Beruniy tumanida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Hududda 87 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Shu jumladan, Beruniy tumanidagi “Mehrob Alibek 110” MCHJ tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga sovutgichli omborxona tashkil etish loyihasi bilan kiritilgan. Uning qiymati 1 mlrd. 200 mln. soʻmni tashkil qiladi. Bugungi kunda omborxonada 60 tonna qishloq xoʻjaligi mahsulotlari saqlanmoqda.

Bundan tashqari, “Sarvar nasl chorva” fermer xoʻjaligi faoliyati bilan tanishildi. Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga chorvachilik loyihasi ham kiritilgan boʻlib, mazkur chorva kompleksiga tuman hokimligi tomonidan yer maydoni ajratilgan. Bank tomonidan 1 mlrd. 300 mln. soʻm kredit mablagʻlari yoʻnaltirilib, Ukraina davlatidan 70 bosh naslli chorva mollari keltirilgan. Bugungi kunda chorva fermasida 5 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.
Senator mavjud imkoniyatlardan foydalanib, yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha taklif va tavsiyalarini berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?