Bemor bolalarga shaxmat doskalari sovgʻa qilindi

14-may kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurib, u yerda davolanayotgan bolalar bilan suhbatlashib, ularning ota-onalariga dalda bergan edi. Tashrif doirasida bolalar davlat rahbari bilan oʻz qiziqishlarini oʻrtoqlashib, ulardan biri sportning shaxmat turiga qiziqishini maʼlum qilgan.
15-may kuni Prezident topshirigʻiga muvofiq ushbu shifoxonada davolanayotgan bolalarga shaxmat doskalari sovgʻa qilindi, soha mutaxassislari bemor bolalar shaxmat oʻynashdi hamda oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashishdi deya xabar bermoqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.
Prezident bilan uchrashuv chogʻida shaxmatga qiziqishi haqida aytgan Saidjon Salimjonov Fargʻona shahridagi 28-maktabning 3-“A” sinfi oʻquvchisi boʻlib, darslardan keyin shaxmat bilan shugʻullangan va professional shaxmat haqida orzu qilgan.
Shuningdek, markazda davolanayotganlar orasida shaxmatga qiziqadigan bolalar koʻpchilikni tashkil qilar ekan. Shulardan yana biri Jizzax viloyatidan kelgan - Jasurbek Abdugʻaniyev boʻlib, u ham qiziqishi va orzulari bilan oʻrtoqlashdi.
Bundan tashqari Buxoroning Olot tumanidan kelib, markazda davolanayotgan Temurbek Botirov esa doʻstlari bilan sport maydonlariga borishi, u yerda turli jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanishini aytgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring