Belgiyada konstitutsiyaviy islohotlarga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi

01:17 07 Sentyabr 2022 Siyosat
364 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

2022-yil 6-sentyabr kuni Bryussel shahrida “Konstitutsiyaviy islohot: qonun ustuvorligi, xavfsizlik, erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish asoslari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Yevropa parlamenti deputatlari, Yevropa komissiyasi, Yevropa kengashi, Yevropa Tashqi harakatlar xizmati vakillari, Benilyuks davlatlarining turli davlat organlari, ekspert-tahliliy va ishbilarmon doiralar, ommaviy axborot vositalari, Belgiyada akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus vakillari, shuningdek, vatandoshlar va Oʻzbekiston fuqarolari ishtirok etdi.

Davra suhbati chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov, Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari - Konstitutsiyaviy komissiya aʼzosi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Qodir Joʻrayev, Konstitutsiyaviy komissiya aʼzosi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari qoʻmitasi raisi Ilhom Abdullayev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi oʻrinbosari Akramjon Neʼmatov va Oʻzbekiston Respublikasi “Taraqqiyot strategiyasi” ijrochi direktori Eldor Tulyakov nutq soʻzladilar.

Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotning mohiyati va ahamiyati haqida tadbir ishtirokchilariga maʼlumot yetkazildi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlar, shuningdek, Oʻzbekiston tashqi siyosatida samaradorlik va izchillikni taʼminlash konstitutsiyaviy bazani takomillashtirish hamda mustahkamlashni talab qilishi taʼkidlandi.

Shu munosabat bilan joriy yil 25-iyunidan 1-avgustigacha butun mamlakat boʻylab Konstitutsiya loyihasi boʻyicha xalq muhokamasi boʻlib oʻtdi va unda 150 mingdan ortiq takliflar qabul qilindi. Takliflarning 67 foizini 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar kiritgani eʼtiborga molikdir. Konstitutsiya loyihasini muhokama qilishda chet elda yashovchi fuqarolarimiz va vatandoshlarimiz ham faol ishtirok etib, ulardan yuzlab takliflar kelib tushdi.

Bundan tashqari, qonun loyihasini tayyorlash doirasida asosiy xalqaro standartlar, ilgʻor xorijiy tajriba, dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlari, jumladan, Yevropa va Osiyo davlatlari, AQSH konstitutsiyalari oʻrganildi.

Konstitutsiya loyihasi xalqning konstitutsiyaviy islohotlarda bevosita ishtirokini taʼminlash maqsadida referendum oʻtkazish yoʻli bilan qabul qilinishi alohida taʼkidlandi.

Davra suhbati ishtirokchilari Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni olqishladilar. Ushbu jarayon demokratiyani yanada mustahkamlashga, inson huquqlariga rioya qilishga va mamlakatda samarali davlat boshqaruvini taʼminlashga yordam berishiga ishonch bildirildi.

Yevropa parlamentining xalqaro savdo qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Iuliu Vinkler (Ruminiya) qayd etganidek, konstitutsiyaviy islohotlarning asosi boʻlgan takliflar Oʻzbekistonning yanada rivojlanishi va fuqarolar farovonligini oshirishga xizmat qilishini taʼkidladi. Oʻzbekistonda konstitutsiyaviy islohotlarni boshlangan oʻzgarishlarning mantiqiy davomi boʻlib, Yevropa tomoni ularni qoʻllab-quvvatlaydi.

Yevropa parlamentidagi “Yevropa Ittifoqi-Oʻzbekiston” Doʻstlik guruhi raisi Richard Charnetskiy (Polsha) taʼkidlashicha, Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonni Markaziy Osiyodagi yetakchi mamlakat deb biladi va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdordir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan oʻzgartishlarga xalq irodasiga asoslangan va inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan muhim voqeasi deya taʼrif berdi. Oʻzgarishlarning asosiy maqsadi har bir fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlangan huquqiy demokratik jamiyatni yaratishdir.

Yevropa parlamenti Tashqi ishlar qoʻmitasi aʼzosi Tiyerri Marianining (Fransiya) Oʻzbekistonda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuqori baholadi. Uning fikricha, mamlakatdagi oʻzgarishlar islohotlar har bir fuqaroning yorqin va baxtli kelajagi uchun amalga oshirilmoqdaki, bu respublikada hayotga tatbiq etilayotgan siyosatining eng muhim jihati hisoblanadi.

Yevropa tashqi harakatlar xizmatining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha boshqaruvchi direktori oʻrinbosari Lyuk Devinning soʻzlariga qaraganda, Oʻzbekiston-Yevropa munosabatlari jadal rivojlanib, soʻnggi vaqtlarda sezilarli darajada jadallashdi va koʻp qirrali xususiyat kasb etib bormoqda. Barcha darajalarda, jumladan oliy darajalarda yaqin muloqot olib borilayotir. Yaqinda Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrik yoʻlladi. Bungacha ular soʻnggi uch yil ichida uch marta telefon orqali suhbatlashishgan.

Yevropa Ittifoqi ikki tomonlama va mintaqaviy dasturlar orqali qonun ustuvorligi, sud tizimi va barqaror rivojlanish boʻyicha islohotlarni qoʻllab-quvvatlayotgani taʼkidlandi. Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar ortga qaytmas xususiyatga ega ekaniga ishonch bildirildi.

Xulosa qilib aytganda, ishtirokchilar Oʻzbekiston delegatsiyasiga Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berganliklari uchun minnatdorchilik bildirdilar va bunday muhokamalarning oʻz vaqtida va foydaliligini taʼkidladilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?