Belbogʻli kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi

18:35 21 Iyun 2021 Sport
1787 0

Joriy yilning 19-20-iyun kunlari  Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumanida belbogʻli kurash boʻyicha 2004-2005-yillarda tugʻilgan oʻgʻil bolalar va qizlar  oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm  va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur chempionatda mamlakatimizning barcha hududlaridan 300 nafardan ortiq yosh polvonlar ishtirok etdi.

Mamlakat chempionatida oʻgʻil bolalar belbogʻli kurashning erkin va klassik yoʻnalishlarida 10  ta vazn toifasida, qizlar esa erkin yoʻnalishda 7 ta vaznda gʻoliblik uchun kurash olib borildi.

Shuningdek, musobaqa doirasida tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi.

Murosasiz oʻtgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga koʻra, quyidagi polvonlar oʻz vazn toifalarida raqiblaridan ustun kelib,  gʻoliblikni tantana qildi.

Oʻgʻil bolalar (klassik yoʻnalish)

45 kg. – Habibjon Abdurashidov (Toshkent sh.)

50 kg. – Abdumalik Dilshodbekov (Andijon)

55 kg. – Akbar Ubaydullayev (Fargʻona)

60 kg. – Odilxon Pazliddinov (Namangan)

65 kg. – Ilyosbek Sotvoldiyev (Fargʻona)

71 kg. – Samandar Anvarov (Fargʻona)

77 kg. – Faryozbek Qosimov (Fargʻona)

85 kg. – Imomali Tolipov (Fargʻona)

95 kg. – Ilyosbek Mirzaxmatov (Namangan)

-95 kg. – Muxriddin Mahmudjonov (Namangan)

Qizlar (erkin yoʻnalish)

44 kg. – Feruza Sobirova (Namangan)

48 kg. – Albena Allambergenova (Qoraqalpogʻiston)

52 kg. – Dildora Isroilova (Namangan)

57 kg. – Zaxroxon Mahmudova (Fargʻona)

63 kg. – Sevara Shajenova (Qoraqalpogʻiston)

70 kg. – Madina Qaxramonova (Andijon)

+70 kg. – Shirinoy Yuldosheva (Namangan)

Oʻgʻil bolalar (erkin yoʻnalish)

45 kg. – Jasur Nishonov (Andijon)

50 kg. – Jumaboy Amirov (Navoiy)

55 kg. – Asadbek Jalilov (Fargʻona)

60 kg. – Diyor Polvonboyev (Fargʻona)

65 kg. – Bek Komilov (Andijon)

71 kg. – Mirzajon Mirzajonov (Namangan)

77 kg. – Samandar Abdusalomov (Namangan)

85 kg. – Diyorbek Axmadaliyev (Andijon)

95 kg. – Anvar Xoʻjamurodov (Namangan)

+95 kg. – Shoxruh Shorustamov (Toshkent v.)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?