Belarus Prezidenti Oʻzbekiston Prezidentini saylovdagi ishonchli gʻalaba bilan muborakbod etdi

18:38 25 Oktyabr 2021 Siyosat
265 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-oktyabr kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.

Belarus rahbari Oʻzbekiston yetakchisini kecha boʻlib oʻtgan Prezident saylovida qozongan ishonchli gʻalaba bilan samimiy qutlab, moʻljallangan rejalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar, doʻst Oʻzbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

Ikki tomonlama hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi. Savdo aloqalari jadal rivojlanib, yetakchi korxonalarning kooperatsiyasi kengayib borayotgani, madaniy-gumanitar almashinuv faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Prezidentlar mintaqaviy tashkilotlar, jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish muhim ekanini taʼkidladilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?