Belarus — 2023 Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun tarixda qoldi
4-avgust kuni Belarusda start olgan ikkinchi MDH oʻyinlari oʻz yakuniga yetdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi unda 28 ta oltin, 25 ta kumush va 53 ta bronza, jami 106 ta medal bilan umumjamoa hisobida Rossiya va Belarus mamlakatlaridan keyin uchinchi oʻrinni egalladi.
Qayd etish oʻrinliki, bu bilan delegatsiyamiz umumiy va oltin medallar soni boʻyicha MDH oʻyinlaridagi eng yaxshi natijasini yangiladi.
Ochiq formatda oʻtgan mazkur musobaqada MDH mamlakatlaridan tashqari 13 davlat vakillari oʻz omadini sinab koʻrishdi. Umumiy hisobda, bu yilgi Oʻyinlarda 20 sport turida 246 ta medallar jamlanmasi oʻynaldi. Bugun musobaqaning tantanali yopilish marosimi oʻtkazildi.
Tadbir davomida musobaqa bayrogʻi 2025-yil oʻtkaziladigan uchinchi MDH oʻyinlari mezboni Ozarbayjonga topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring