Bekzod Abdurahmonov nomzodi Osiyo Olimpiya kengashi atletlar komissiyasi aʼzoligiga ilgari surildi

17:21 24 Avgust 2023 Sport
994 0

Osiyo Olimpiya kengashi Atletlar komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar roʻyxatini eʼlon qildi.

Quvonarlisi, ular orasida erkin kurash boʻyicha Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari sovrindori, hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonov ham bor. Yurtdoshimiz nomzodi Markaziy Osiyo mintaqasidan ilgari surilgan.

Mintaqamizdan 3 nafardan erkak va ayol nomzodlar koʻrsatib oʻtilgan. Yakunda ular orasidan 1 nafardan atletlar ovoz berish yoʻli orqali aniqlab olinadi.

Mazkur jarayon Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari doirasida, aniqrogʻi, Oʻyinlar ochilish marosimidan 1 kun keyin boshlanib, yopilish marosimidan 2 kun avval yakunlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер