Bekzod Abdurahmonov bronza medali oʻtish bosqichida ishtirok etadi
Erkin kurash boʻyicha Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etayotgan vakilimiz Bekzod Abdurahmonov medal uchun kurashni davom ettiradigan boʻldi, deb xabar berdi MOQ.
Hozirgina -74 kg vazn toifasining yarim final bellashuvlari boʻlib oʻtdi. Ulardan birida hamyurtimizni magʻlub etgan rossiyalik Zaurbek Sidakov va qozogʻistonlik Daniyar Kaysanov toʻqnash kelishdi. Ushbu bahsda Sidakovning qoʻli baland keldi va oltin medal uchun kurash olib boradigan boʻldi. Bu esa vakilimizga bronza medali uchun oʻtish bosqichida kurashish imkonini taqdim qildi.
Shu tariqa ertangi dasturda Abdurahmonov oʻtish bosqichida Gvineya-Bissau vakili Midana Augisto bilan kurashadi. Abdurahmonov uni magʻlub eta olsa, bronza medali uchun Daniyar Kaysanovga qarshi gilamga chiqadi.
Shuningdek, ertaga boʻlib oʻtadigan -97 kg vazn toifasining qurʼa natijalari maʼlum. Unga koʻra, hamyurtimiz Magomed Ibragimov dastlabki davrani turkiyalik Sulaymon Karadenizga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring