Bektemir Meliqoʻziyev — “tilla bola”

Bektemir Meliqoʻziyev boks boʻyicha yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo, jahon va olimpiada chempioni. Kattalar oʻrtasida Osiyo chempioni, jahon va olimpiada oʻyinlari sovrindori. Professional ringda 6 ta uchrashuv oʻtkazib barchasida gʻalaba qozongan. Eʼtiborlisi, Bektemir professional ringdagi oltita jangida ham raqiblarini muddatidan oldin magʻlubiyatga uchratdi.
Tengdoshlari bilan Fargʻona viloyatining Furqat tumaniga qarashli Shoyimbekning yozda chang, qishda loy koʻchalarida oʻynab yuradigan qahramonimiz vaqt topib, hovlidagi yongʻoq daraxtiga ilib berishgan qum toʻldirilgan qopni ham rosa “doʻpposlardi”. Akalari Rustamjon va Mavlonjonga nisbatan shoʻxroq boʻlgani uchun onasi Navroʻza opa tinmay otasiga kenjaytoyni tezroq biror bir toʻgarakka berish kerakligini taʼkidlardi. Shu tariqa otasi Roʻzmatjon Sulaymonov kenja oʻgʻlini Fuqrat tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabining boks toʻgaragiga olib bordi.
Birinchi murabbiyi Maʼrufjon Ahmedov qoʻlida boks bilan 10 yoshidan shugʻullanishni boshlagan qahramonimiz tez orada koʻchadagi urushqoq boladan oʻz oldiga jiddiy maqsadlarni qoʻygan, qiyinchiliklardan qoʻrqmaydigan va irodali sportchiga aylandi. Tengdoshlari, bokschi doʻstlari kamtarligi, yuksak odobi tufayli hazilona ohangda uni “Bektemir — tilla bola”, deya erkalatishadi.
— Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov sportsevar rahbar ekanligi, ayniqsa, futbol va boksni yaxshi koʻrishi haqida ilgari koʻp eshitgandim,-deydi suhbatdoshimiz. — U kishi Namangan sportini rivojlantirish uchun juda katta hajmdagi ishlarni amalga oshirgani haqida Oʻzbekiston terma jamoasidagi sherigim, namanganlik mashhur bokschi Murodjon Ahmadaliyev ham gapirib bergan.
Yaqinda Xayrullo Bozorov bilan uchrashuv jarayonida viloyatimiz rahbarining sport sohasiga juda eʼtiborli ekanliklariga yana bir bor amin boʻldim. Xayrulla aka Fargʻona sportini yangi bosqichga koʻtarish niyatida ekanlar.Menga ham professional boksda jahon chempioni boʻlishim uchun ezgu tilaklarini bildirdi.
Mashhur bokschi Bektemir Meliqoʻziyev oʻzining boks maktabini ochishni rejalashtirgan va bu borada dastlabki saʼy-harakatlarga kirishildi. Shu yilning dekabr oyida ezgu tashabbus doirasida Bektemir oʻzining ilk boks zalini foydalanishga topshirishni maqsad qilgan. Bu kelajakda bokschi tomonidan bunyod etilishi rejalashtirilayotgan boks maktabining poydevori boʻladi.
B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring