Bekobodda elektr simi uzilib suvga tushib qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo koʻprigi ustida yoritish tizimi elektr toki kabeli uzilganligi haqida videotasvir tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, shahardagi Gʻ.Gʻulom koʻchasidan oʻtuvchi 4r26 yoʻlida joylashgan Sirdaryo koʻprigiga oʻrnatilgan tungi yoritish chiroqlariga tortilgan elektr kabellari kuchli shamol zarbidan bugun soat taxminan 11:00 larda suvga uzilib tushgan.
Tungi yoritish chiroqlarini yonish vaqti kechki soat 18:00dan ertalabki soat 07:00 gacha boʻlganligi sababli bu vaqt oraligʻida kabellarda elektr toki boʻlmagan va hech qanday baxtsiz hodisa roʻy bermadi.
Mazkur holat yuzasidan Bekobod shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi hamda Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻz vaqtida xavfsizlik choralari koʻrilib, muammo bartaraf etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring