“Bekobod sement” zavodidan atmosfera havosiga zararli tashlamalar meʼyordan ortiq tashlanayotganligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi

17:43 24 Iyul 2021 Jamiyat
142 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bekobod sement” zavodidan atmosfera havosiga zararli tashlamalar meʼyordan ortiq tashlanayotganligi haqida xabar tarqaldi.

Holat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha Bekobod shahar inspeksiyasi xodimlari tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga koʻra, “Bekobod sement” AJning quruq usul bilan kilinker ishlab chiqarish pechining elektrofiltrida 2021-yil 22-iyul kuni avariya holati yuzaga kelganligi natijasida tozalash uskunasi oʻchib qolganligi maʼlum boʻldi. Korxona mutaxassislari tomonidan tezkor choralar qoʻllanilib, elektrofiltr qayta ishga tushirilgan.

Yuqoridagi avariya holati yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda qoplama toʻlovlar hisoblanib undirishga yoʻnaltirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?