Bekmurod Oltiboyev Olimpiadani yettinchi oʻrinda yakunladi
Tokio — 2020 Olimpiya oʻyinlarining dzyudo boʻyicha yakkalik bellashuvlari vakillarimiz uchun oʻz poyoniga yetdi. Eng ogʻir vazn toifasida kechgan bahsda Bekmurod Oltiboyev yurtimiz sharafini himoya qildi.
Ukrainalik Yakiv Xamnoga qarshi bronza medali uchun oʻtish bosqichida kechgan bellashuvda vakilimiz vazari bahosi bilan imkoniyatni boy berib qoʻydi. Shu tariqa u yakkalik bahslarini yettinchi oʻrinda yakunladi, deb xabar berdi MOQ.
Ertaga aralash jamoaviy yoʻnalishda hamyurtlarimiz oʻz ishtiroklarini davom ettirishadi. Unda dastlabki raqibimiz Niderlandiya jamoasi boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring