“Bek va Lola” – bolajonlarimiz uchun atalgan milliy loyiha
Elyor HAYDAROV/“Xalq soʻzi”. Ijtimoiy tarmoqda bolalarga atalgan oʻzbek tilidagi milliy kontentlarni shu vaqtgacha topish qiyin edi. Shuning uchun Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan bolajonlarimiz uchun milliy qahramonlar loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Joriy yilning 2-avgust kuni loyiha asosida qahramonlar obrazini gavdalantirgan “Bek va Lola” animatsion multfilmining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
“Bek va Lola” animatsion multfilmi bolajonlarga milliy qadriyatlarimizni anglatish, taʼlim olish, odob-axloq qoidalarini oʻrgatish, tabiatni asrash va ularni sportga undab, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan.
Animatsion multfilm qahramonlari “Bek va Lola” ismli opa-ukalar boʻlib, voqealar asosan ular bilan birga kechadi. Multfilm 3D va 2D grafikasida tayyorlangan. Uning har bir qismi uchun alohida mavzular tanlab olingan. Qisqa metrajli musiqiy qismlarining davomiyligi esa 4-5 daqiqani tashkil etadi.
Multfilmning har bir fasli 5 qismdan iborat boʻlib, unda turli mavzular boʻyicha musiqiy kontentlar berib boriladi. Birinchi faslda badantarbiya, alifbo, rang va sonlar haqda qismlar berib borilsa, keyingilarida Oʻzbekistonning tarixiy shaharlari toʻgʻrisida soʻz boradi.
Loyiha davomida Yoshlar ishlari agentligining “Yashil makon”, “Abu Rayhon Beruniy”, “Al-Xorazmiy” nomli animatsion multfilmlari hamda bolalar adabiyotidan “Beruniy”, “Ibn Sino”, “Al-Xorazmiy”, “Bobur”, “Toʻmaris”, “Mirzo Ulugʻbek”, “Alisher Navoiy” bolaligi va “Jajji akademik” kitoblar toʻplami taqdimoti boʻlib oʻtishi ham kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Vazir oʻrinbosari xotinini aldagani uchun ishdan boʻshatildi
- Shavkat Mirziyoyev: Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik!
- 17 nafar professor-oʻqituvchiga ilmiy unvon berildi
- Davron Kabulovning otasi “oʻgʻrilik” boʻyicha sudlanib, qariyb 345 mln soʻm jarimaga tortilgani maʼlum boʻldi
- Prezident bir guruh oʻqituvchi va murabbiylarni mukofotladi
- Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurdi — Fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring