“Bek-Baraka” bozorida firibgarlik va tamagirlik bilan shugʻullangan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

09:12 11 Iyun 2021 Jamiyat
244 0

Toshkent viloyati IIBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan Zangiota tumanida joylashgan “Bek-baraka” savdo majmuasida tezkor tadbir oʻtkazilib, 6 nafar shaxslar qoʻlga olindi.

Joriy yilning 29-may kuni Toshkent viloyat IIBBga fuqaro ariza bilan murojaat qilib, Zangiota tumani hududida joylashgan “Bek-baraka” savdo majmuasi, yoyma kiyim-kechak bozorida savdo qilishni, bozorda «Kamronbek» va “Nigina” ismli shaxslar savdo qiluvchilardan noqonuniy ravishda pul talab qilayotganligini maʼlum qiladi.

Arizaga asosan oʻtkazilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, oʻzlarini bozorda ishlovchi masʼul shaxs sifatida tanishtirganlar, murojaat egalaridan shu joyda ishlashi uchun har oyda 100 AQSH dollari miqdorida tovon puli talab qilayotganligi, bu talab bajarilmagan taqdirda savdo rastasi faoliyatini cheklash bilan tahdid qilishlari, shu yoʻl bilan ular savdo qiluvchilardan jami 9 mln soʻm miqdorida pul olganliklari aniqlanadi.

Shundan soʻng, IIBB tezkor xodimlari tomonidan maxsus tadbir oʻtkazilib, firibgarlik va tamagirlikda gumonlangan 6 nafar shaxslar ushlangan.

Jumandan: Uchtepa tumanida yashovchi 1989-yilda tugʻilgan Negina I., Margʻilon shahrida yashovchi 1995-yilda tugʻilgan Kamronbek J. va 1993-yilda tugʻilgan Firdavs J., Zangiota tumanida yashovchi 1968-yilda tugʻilgan Nasiba O., 1996-yilda tugʻilgan Noilaxon A. hamda 1998-yilda tugʻilgan Naimaxon A.lar ushbu holatga bevosita aloqadorligi aniqlanib, tegishli tartibda ishga jalb qilingan.

Oʻtkazilgan suhbat davomida ular haqiqatdan ham arizada koʻrsatilgan fuqarolardan savdo qilishlari uchun noqonuniy ravishda pul talab qilib kelganliklari va bugungi kunda jami 9 mln soʻm miqdoridagi pullarni olib, oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklarini maʼlum qilib, aybiga iqrorliklarini bildirishgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan, ushlangan shaxslarga nisbatan Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi, 28-, 211-moddasi 2- qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?