“Beeline” kompaniyasi asoschisi hayotdan koʻz yumdi

Foto: РИА «Новости»
“Beeline” mobil aloqa operatori va “Dinastiya” jamgʻarmasi asoschisi Dmitriy Zimin hayotdan koʻz yumdi.
Bu haqda uning oʻgʻli Boris Zimin “Facebook”dagi sahifasida maʼlum qildi. Boris Zimin 88 yoshda vafot etgan.
Avvalroq Zimin “Forbes” jurnalining Rossiyadagi eng badavlat tadbirkorlar reytingiga kiritilgan edi. Xususan, 2005-yilda uning boyligi 520 million dollarga baholangan.
Boris Ziminning soʻzlariga koʻra, tadbirkor Shveysariyada vafot etgan.
“Mening otam hayotni juda yaxshi koʻrardi va koʻp umr kechirdi. Hammasi uchun unga rahmat. U tinchgina, bizni va hayotni bir oz qaygʻu bilan tark etdi. Soʻnggi oylarda otam ogʻir kasal edi”, deb yozgan Boris Zimin.
Dmitriy Zimin 1992-yilda Konstantin Kuzov bilan birgalikda ayni paytda “Beeline” savdo belgisi ostida faoliyat yurituvchi «Vыmpelkom-Kommunikatsii» kompaniyasiga asos solgan.
Tadbirkor yirik xayriyachi edi. U fundamental fanni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Dinastiya” fondiga asos olgan va unga rahbarlik qilgan.
2016-yilda Dmitriy Zimin oʻgʻli Boris bilan birgalikda ilm-fan va taʼlimni qoʻllab-quvvatlovchi “Zimin Foundation” xalqaro notijorat tashkilotiga asos solgan. Bundan tashqari, Zimin “Maʼrifatparvar” mukofotining hammuassisi ham hisoblanar edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kirish test sinovlarining birinchi kun natijalari eʼlon qilindi — DTM
- “Oltin toʻp”ga daʼvogarlarning toʻliq roʻyxati eʼlon qilindi, unda Messi yoʻq
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- 2022/2023 oʻquv yilidan yurtimizda ilk bor transplantologiya va kardioxirurgiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi
- Mamlakatimiz qurilish sohasi xodimlariga
- Tibbiyot kolleji va Jamoat salomatligi texnikumlariga 10 - avgustdan qabul jarayonlari boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring