Bechora bolalar Toshkentda ishsiz yursa, men qanday qilib tinch “kabinet”imda oʻtiraman — Mirziyoyev

00:33 01 Fevral 2021 Siyosat
998 0

Avvalroq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgani haqida xabar bergan edik.

Yigʻilishda davlat rahbari mamlakatda yoshlar siyosatiga masʼul idora va rahbarlarni keskin tanqid qildi. 

«Afsuski joylardagi oʻrganishlar yoshlar oʻrtasida muammolarni aniqlash va tizimli hal etish borasida haligacha koʻplab kamchilik hamda muammolar saqlanib qolayotganini koʻrsatmoqda. 

Bechora bolalar Toshkentda ishsiz yursa, men qanday qilib tinch “kabinet”imda oʻtiraman. Oʻz farzandlarim meni u. Nimaga oʻz farzandimga imtiyozni qoʻllamasligim kerak. Nimaga?! Nimaga u xoʻr boʻlishi kerak chetda», dedi davlat rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?