“Bavariya” yirik hisobda magʻlubiyatga uchrab, Germaniya kubogi bahslaridan chiqib ketdi

02:17 28 Oktyabr 2021 Sport
1318 0

Foto: Reuters

Futbol boʻyicha Germaniya kubogi 1/16 finalida «Borussiya M» klubi “Bavariya” jamoasini yirik hisobda magʻlubiyatga uchratdi.

«Borussiya Park» arenasida boʻlib oʻtgan bahsda mezbonlar raqiblar darvozasiga javobsiz beshta gol kiritishdi.

Uchrashuvda “Bavariya” darvozasiga jazoirlik Rami Bensebaini va shveysariyalik Breyel Embolo ikkitadan gol kiritgan boʻlsa, yana bir toʻpga Fransiyalik yarim himoyachi Kuadio Konega mualliflik qildi.

Eslatib oʻtamiz, Germaniya chempionati turnir jadvalida “Bavariya” toʻqqizinchi turdan soʻng 22 ochko jamgʻarib birinchi pogʻonani band etib turibdi. «Borussiya M» esa 11 ochko bilan 12-oʻrinda joylashgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?