“Bavariya” yirik hisobda gʻalaba qozondi
Kecha, 8-fevral kuni Germaniya Bundesligasining 21-tur oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidagi bahsda “Bavariya” klubi oʻz maydonida “Xoffenxaym” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv “myunxenliklar”ning 5:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 20-daqiqada Harri Keyn tomonidan ochildi. Angliyalik hujumchi penaltidan unumli foydalandi.
35-daqiqada mehmonlar aʼzosi Andrey Kramarich hisobni tenglashtirdi. Birinchi boʻlimning soʻnggi daqiqasida Keyn yana bir bor penaltidan unumli foydalanib, jamoasini tanaffusga gʻolib holatda chiqib ketishini taʼminladi. Birinchi boʻlimga hakam tomonidan qoʻshib berilgan ikkinchi daqiqada esa Luis Dias “Bavariya”ning uchinchi golini kiritdi.
Ikkinchi boʻlim tom maʼnoda “Bavariya” jamoasining kolumbiyalik hujumchisi Luis Diasga ataldi. Futbolchi 62 va 89-daqiqalarda raqib darvozasiga yana ikki bor toʻp kiritdi. Shu tariqa oʻyin 5:1 hisobida “Bavariya”ning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring