“Barselona”ning sobiq futbolchisi EtoʻO ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Foto: Reuters
Ispaniyaning “Barselona” Kamerun terma jamoasining sobiq hujumchisi Samuel EtoʻO 22 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Diario Sport” xabar bermoqda.
Futbolchi soliq toʻlashdan boʻyin tovlaganini tan olgan. Biroq bu ishda sobiq vakili Xose Mariya Mesallesni ayblagan. Shu bois ushbu ish boʻyicha Mesallesni ham bir yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, futbolchi va uning vakili jami ikki million yevrodan ortiq jarima toʻlashi kerak boʻladi.
EtoʻO 2006-yildan 2009-yilgacha boʻlgan davrda 3,8 million yevroni yashirganlikda ayblangan. Futbolchi imidj huquqini “Barselona” va “Puma”ga topshirishdan katta daromad olgan, ammo bu haqda soliq deklaratsiyasiga xabar bermagan.
EtoʻO “Barselona” tashqari Ispaniyaning “Real Madrid”, Italiyaning «Internasionale», Angliyaning “Chelsi”, «Everton» kabi klublarda toʻp surgan.
2008-yilning boshida u hatto Toshkentning “Quruvchi” (hozirgi “Bunyodkor”) klubida koʻrikdan oʻtib, bir qator oʻrtoqlik oʻyinlarida maydonga ham tushgan edi. Ammo oʻz faoliyatini yetakchi milliy chempionatlarda toʻp surish istagi bilan Toshkent klubi taklif qilgan 25 million dollarlik shartnomadan ham voz kechgan edi.
Futbolchi 2019-yilning sentabrida faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring