“Barselona” qishda «Manchester Yunayted» hujumchisini sotib olmoqchi
Foto: AP
Ispaniyaning “Barselona” jamoasi Angliyaning «Manchester Yunayted» klubining urugvaylik hujumchisi Edinson Kavani bilan qiziqmoqda.
“AS” nashrining yozishicha, ispan klubi hujumchini qishki transfer oynasida sotib olishni rejalashtirmoqda. Urugvaylik futbolchining oʻzi ham “Barselona”ga oʻtishga qiziqish bildirmoqda. Chunki jamoaga Krishtianu Ronaldu qoʻshilganidan keyin «Manchester Yunayted»da koʻp vaqtini zaxira oʻrindigʻida oʻtkazishini tushunib turibdi.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Kavani ikkita uchrashuvda maydonga tushgan boʻlsada, samarali harakatlarni amalga oshira olmadi.
Oʻtgan mavsumda Kavani Premer-ligada 26 oʻyinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 10 ta gol kiritgan edi.
Urugvaylik hujumchining «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning yoziga qadar tuzilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring