Baloni yorilib ketgan MAN agʻdarilib ketdi

18:00 24 Sentyabr 2022 Jamiyat
505 0

Foto: Viloyat IIB axborot xizmati

2022-yil 24-sentyabr kuni 16:00lar atrofida M-37 avtomobil yoʻlining  Samarqand viloyati Paxtachi tumani hududidan oʻtuvchi qismida yogʻ mahsulotlari ortilgan yuk avtomashinasining baloni yorilib ketishi natijasida transport vositasi agʻdarilib, ichidagi yogʻ mahsulotlari toʻkilib ketgan.

Hodisa oqibatida jarohat olganlar yoʻq.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deb xabar qiladi viloyat IIB axborot xizmati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?