Ballistik raketa uchirilishi dushmanlar uchun ogohlantirish — Kim Chen In

14:13 31 Oktyabr 2024 Dunyo
258 0

Foto: KCNA

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In qitʼalararo ballistik raketa uchirilishini mintaqada keskinlik kuchayayotgan bir paytda mamlakat xavfsizligiga tahdid soluvchi dushmanlar uchun ogohlantirish dedi.

Bu haqda “Reuters” Koreya markaziy telegraf agentligiga tayanib yozmoqda. Sinovda shaxsan Kim Chen Inning oʻzi ham ishtirok etgan.

“Sinov oʻtkazish — bu oxirgi paytlarda mintaqadagi vaziyatni ataylab keskinlashtirgan va respublikamiz xavfsizligiga tahdid solayotgan dushmanlarni javob berish irodamiz haqida xabardor qilish maqsadiga toʻliq javob beradigan maqsadga muvofiq harbiy harakatdir”, — dedi u.

“Reuters” eslatishicha, “kuch namoyishi” AQSH va ittifoqchilarning fikricha, Shimoliy Koreyaning 11 000 askarini Rossiyada joylashtirgani, ulardan 3 000 tasi Ukraina bilan front chizigʻi yaqinida joylashgani haqida xalqaro keskin qoralash va xavotir kuchayib borayotgan bir paytda sodir boʻldi.

31-oktyabr kuni Shimoliy Koreya qurolli kuchlari tomonidan bir kun avval uchirilgan ballistik raketa barcha sinovlar ichida eng uzoq masofaga uchgani haqida xabar berildi. Qayd etilishicha, uning parvoz davomiyligi 1 soat 26 daqiqani tashkil qilgan. Raketa Yapon dengizi tomon uchirilgan va u Xokkaydo oroli yaqinidagi suvlariga qulagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?