Balandlikdan yiqilib, ogʻir tan jarohati olgan yurtdoshimiz Vatanga qaytarildi

Asli Fargʻona viloyatidan boʻlgan M.O. 2021-yilning iyul oyidan buyon Kaliningrad viloyatida ishlaydi. Yurtdoshimiz ehtiyotsizlik oqibatida mehnatga layoqatsiz boʻlib qoldi.
Qiyin ahvolga tushib qolgani fuqaro Oʻzbekistonga qaytishda yordam soʻrab, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasiga murojaat qildi.
Murojaat oʻrganilganida, M.O. qurilish obyektida ishlayotganda balandlikdan yiqilib tushish oqibatida umurtqa suyagi va oyogʻi singani, uzoq muddatga mehnat qilolmasligi maʼlum boʻldi.
Musofirchilikda qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimizga yordam koʻrsatilib, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan aviachipta olib berildi va Kaliningrad – Sankt-Peterburg – Fargʻona yoʻnalishidagi aviareys orqali Oʻzbekistonga qaytarildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring