Baxtiyor Saidov va Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi

Foto: Illustrativ foto
2023-yil 6-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov va Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi.
Suhbat avvalida Turkiya TIV rahbari Baxtiyor Saidovni yuqori masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, unga muvaffaqiyatlar tiladi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uning rivojlanish istiqbollarini koʻrib chiqdilar.
Turli daraja va shakllarda boʻlib oʻtadigan qoʻshma tadbirlarning tashkiliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot chogʻida ham ikki tomonlama shaklda, ham xalqaro tuzilmalar doirasida Oʻzbekiston-Turkiya aloqalarini yanada mustahkamlash va kengaytirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring