Baxtiyor Saidov Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashdi

19:10 23 Yanvar 2023 Siyosat
483 0

Foto: Illustrativ foto

2023-yil 23-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashdi.

Tomonlar Oʻzbekiston va TDT oʻrtasidagi turli yoʻnalishlarda munosabatlarni rivojlantirishdagi ijobiy surʼat mamnuniyat bilan qayd etdilar. Tashkilotning 2022-yil noyabr oyida boʻlib oʻtgan Samarqand sammiti yakunlari boʻyicha qabul qilingan strategik qarorlarni amalga oshirilish jarayoni muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, TDT mintaqasining transport-tranzit salohiyatidan foydalanish, AKT, raqamli va yashil iqtisodiyot sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, turizm, taʼlim va madaniyat yoʻnalishlarida oʻzaro hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi.

K.Omuraliyev Tashkilot Kotibiyati Oʻzbekistonning TDTga raisligidan koʻzlangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyorligini maʼlum qildi.

Muloqot chogʻida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ham koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер