Baxtiyor Saidov Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan telefon orqali muloqot qildi

Foto: Illustrativ foto
2023-yil 11-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidovning Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Tojikiston TIV rahbari B.Saidovni yuqori masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Tojikiston doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat Prezidentlari oʻrtasida erishilgan kelishuvlar ijrosi jarayoni yuzasidan fikr almashildi.
Oʻzbekiston va Tojikiston ikki tomonlama siyosiy muloqotni davom ettirishga va xalqaro institutlar doirasida bir-birlarini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligi taʼkidlandi.
Oliy va yuqori darajadagi rejalashtirilgan tadbirlarning jadvali va turli jihatlari koʻrib chiqildi.
Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining telefon orqali muloqoti ochiq, samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2020 yildan beri o‘zbekistonliklar 255 kg oltin quymalar sotib olgan
- Oʻzbekistonda ilk bor UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasi oʻtkaziladi
- 2023-yil iyul-avgust oylari davomida Davlat byudjeti xarajatlari daromadlarga nisbatan 12,2 trln. soʻmga koʻp boʻlgan
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Oʻzbekistonning togʻli hududlarida 15-sentabr kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring