Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi elchisi Tim Torlotni qabul qildi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2023-yilning 20-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Favqulodda va muxtor elchisi Tim Torlotni qabul qildi.
Ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Iqtisodiy diplomatiyani faollashtirishdan oʻzaro manfaatdorlik bildirildi. Shu nuqtayi nazardan, qoʻshma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish hamda oʻzaro tovar ayirboshlashni kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik ayrim masalalar, xususan, ikki davlatning Afgʻoniston yoʻnalishidagi oʻzaro hamkorligi muhokama qilindi.
Uchrashuv kun tartibidan, shuningdek, fan-taʼlim yoʻnalishidagi sheriklik aloqalarini rivojlantirish, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish va parlamentlararo muloqotni yanada mustahkamlash masalalari ham oʻrin oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring