Baxmal adirlarga zaʼfaron tugunak piyozboshlari ekildi

19:05 26 Sentyabr 2022 Jamiyat
564 0

Foto: Xalq so‘zi

Italiyaning Breshia shahridan yurtimizning Baxmal tumaniga 16 million donadan ortiq zaʼfaron tugunak piyozboshlari olib kelindi. Shu munosabat bilan tumanda press-tur tashkil qilindi.

Tadbirda Italiyaning respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Agostino Pinna, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziligi mutasaddilari, yurtimizning yigirmadan ortiq respublika va hududiy OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishdi.

— Ushbu loyiha BMB Trade Group (Oʻzbekiston) va FIN.OPERA s.r.l. (Italiya) kompaniyalari oʻrtasida zaʼfaron va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish, sanoat miqyosida qayta ishlash, eksport qilish boʻyicha imzolangan memorandum doirasida 3 yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda, — deydi BMB Trade Group kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov. — Zaʼfaron plantatsiyalarimiz maydoni 305 gektarga, loyihaga jalb qilingan investitsiya miqdori 40,4 million yevroga, 400 nafar doimiy va 4 ming nafardan ziyod mavsumiy ish oʻrinlari yaratildi.

Yurtimizda yetishtirilayotgan zaʼfaron birinchi toifadagi sifat belgisiga ega boʻlib, mahsulotlar Yevropa va Osiyo mamlakatlariga eksport qilinmoqda.

Ayni vaqtda loyiha doirasida zaʼfaron klasterining atrofida farmatsevtika, pazandachilik sohalari uchun mahsulotlarni qayta ishlab chiqarish uchun qoʻshimcha quvvatlar barpo etilmoqda.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер