Bayram yarmarkasi tashkil qilindi

Odilbek ODAMBOYEV/“Xalq soʻzi”. Navroʻz umumxalq bayrami oldidan hamda muborak Ramazon oyi munosabati bilan Xorazm viloyatining barcha shahar va tumanlari markazlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining anʼanaviy savdo yarmarkalari tashkil qilindi.
Unda viloyatdagi dehqon va fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan hamda mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari aholiga arzon narxlarda taklif etilmoqda. Bozorlar toʻkinligi, narxlar barqarorligini taʼminlash yoʻlida amalga oshirilayotgan bunday tadbirlar aholining xarid qobiliyatini oshirish, xalqimizning bayram dasturxoni yanada toʻkin boʻlishiga xizmat qiladi.
— Navroʻz arafasida bunday savdo yarmarkalarining tashkil qilinishi eldoshlarimiz uchun haqiqiy bayram tuhfasi boʻldi, — deydi urganchlik mehnat faxriysi Baxtiyor Boʻriyev. — Ushbu tadbir tufayli aholi oziq-ovqat mahsulotlari bilan tizimli va kafolatli tarzda taʼminlanmoqda. Muhimi yarmarkaga chiqarilayotgan mahsulotlar narxi bozordagidan ancha arzon boʻlib, sifati ham xaridorlarga manzur boʻlyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Oʻzbekiston Oliy Majlisining Arab parlamenti bilan hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring