Bayram yaqin... Guldastalar hozirmi?

18:45 07 Mart 2022 Jamiyat
762 0

Foto: Hasan Paydoyev - "Xalq so'zi"

Ayol — oilani ham, jamiyatni ham birlashtirib, unga fayzu barokot kiritadigan, xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotdir. Sharqda ayolni farishtaga qiyos qilishadi. Ayol bu eng avvalo ona, qaysiki, farzandiga hayot va insoniylik fazilatlarini baxsh etuvchi chashmadir. Ularning ko‘nglini nafaqat alohida kunlarda, balki har bir kun mamnun etmoq barchamizning burchimizdir.

Bahorning avvalida barchamizning sevimli bayramimiz 8 mart yaqinlashgani sayin ko‘pchilik erkaklar ushbu bayramda sovg‘a masalasida bosh qotirishadi. Albatta bunda har bir insoning didiga qarab sovg‘a tanlash muxim. Kimdir qimmatroq sovg‘a sotib olishni xush ko‘rsa, ba’zilar esa ammo noodatiy tuhfalarni hadya etishga xarakat qiladi. Muhimi, sovg‘a tanlayotganda fantaziyani ishga sola bilishdir.

Barchaga ma’lum sovg‘alar orasida eng yoqimlisi bu guldastadir, albatta. Gul barcha  ayollarga  o‘zgacha bir kayfiyat ulashadi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, har bir gul va rangining o‘z manosi bor. Shuningdek gul dastadagi gullar soni ham muayyan ma’noni anglatadi. Aslini olganda, ayollar uchun chin qalbdan aytilgan dil izhori yoxud shirin so‘zning o‘zi katta sovg‘a. Darhaqiqat, sovg‘a qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, inson  ko‘nglini ko‘tarishga, yaxshi kayfiyat ulashishga xizmat qilishi kerak.

Subxidamda asta bosh ko‘targan binafsha gul misoli noziq qalbga ega ayollarni, quyoshning qaynoq xarorat ila  taratayotagan nurlari kabi qaynoq dil izxorlari hamda o‘ziga xos gullardan tuzilgan guldastalar bilan muborakbod etishni unutmang. 

“Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?