Bayram shukuhi Qizilqum kengliklarini ham qamrab oldi

Foto: Xalq so‘zi
Navoiy viloyatida ham Istiqlolimizning yana bir yoshga ulgʻaygani u tuhfa etgan bebaho neʼmatlar – musaffo osmon, farovon hayot, ertangi kunga mustahkam ishonch tuygʻulari shukuhida tantana qilindi.
Viloyatning 330 dan oshiq mahalla fuqarolar yigʻini, Qizilqum kengliklaridagi har bir qishloq va ovulda bayram “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” gʻoyasi asosida yuzlab ezgu tadbirlar, quruvchilarning bayram tuhfalari, yangi uy-joy sohiblarining hovli toʻylari, katta-kichik korxonalarning ishga tushirilishi bilan tantana qilindi.
Sahro bagʻrida oʻzbek xalqi yaratgan moʻjizalar – Zarafshon va Uchquduq shaharlarida esa ayni bayram arafasida biryoʻla oʻnlab madaniy-maishiy obyektlar konchilar ixtiyoriga topshirildi. Qadim Karmanada ikkita MFY, Nurotada ikkita maktab, Navoiyda tibbiyot muassasalari oʻzining yangi binosiga ega boʻldi. Umuman, viloyatda ayni bayram kunlari jami 482 ta obyektning ramziy kalitlari quruvchilar tomonidan oʻz egalariga topshirildi.
Bayramning asosiy tantanalari viloyat markazida Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogʻida tashkil etildi. Ushbu maskanga taklif etilgan mehnat ilgʻorlari va faollarni viloyat hokimi v.b. N. Tursunov mustaqilligimizning oʻttiz bir yilligi bilan qutlab, oʻtgan davr mobaynida mamlakatimiz erishgan marralar va qoʻlga kiritilgan muvaffaqiyatlarga Navoiy viloyati misolida toʻxtalib oʻtdi.
Bayramga viloyat badiiy havaskorlik dastalari, markazdan taklif etilgan sanʼat ustalari hamda “Farhod” madaniyat saroyi jamoalari hamkorligida tayyorlangan katta konsert dasturi fayz va joʻshqinlik kiritdi.
Bayram tantanalari viloyatda davom etmoqda.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring