Bayden jurnalistlarning savollarini musiqa bilan bostirishga urindi

00:42 24 Noyabr 2021 Dunyo
531 0

Foto: AP

AQSH prezidenti Jo Bayden 22-noyabr kuni Oq uyda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob bermaslik uchun musiqadan foydalandi. AQSH prezidenti konferensiyadan soʻng minbarni tark etayotgani aks etgan video internetda muhokamalarga sabab boʻldi.

Bayden jurnalistlar bilan ichki siyosat masalalari yuzasidan muloqot qildi. AQSH prezidenti nutqi yakunlangach, jurnalistlarning savollariga navbat berish oʻrniga yigʻilganlarga minnatdorchilik bildirib, chiqishga yoʻl oldi. Zalda turgan jurnalistlar davlat rahbariga savollar yoʻllay boshladi. Bu vaqtda xonada musiqa yangragan va Bayden uning joʻrligida zalni tark etgan.

Amerikalik jurnalist Benni Jonson "Tvitter"da: “Bayden matbuot savollarini boʻgʻish uchun musiqasidan foydalandi”, — deya xabar qoldirdi.

Baydenning jurnalistlar savollariga javob berishdan bosh tortishi birinchi marta emas. Jamoatchilik Oq uy maʼmuriyati shu tariqa Amerika yetakchisini OAV bilan provokatsion mavzularda suhbatdan “himoya qilmoqda” deb taxmin qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?