Bayden Ukrainadan gʻalla eksport qilish rejasini ishlab chiqilishini maʼlum qildi

Arxiv surat
AQSH prezidenti Bayden Ukrainadan Polsha orqali gʻalla eksport qilish rejasi ishlab chiqilishini eʼlon qildi.
Vashington chegaradagi yuk tashish punktlari bilan temir yoʻl aloqalaridan foydalangan holda Ukrainadan don eksport qilish rejasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, temir yoʻl liniyasi ham Polsha orqali oʻtadi. U yerda yuk tashish punkti tashkil etiladi. Germaniya allaqachon temir yoʻl orqali Ukraina donini eksport qilishda yordam berish istagini bildirgan.
«Shunday qilib, biz Ukraina chegaralarida, shu jumladan Polshada ham vaqtincha don saqlash omborlari barpo etamiz. Keyin biz uni vagonlardan ana shu omborlarga, undan soʻng Yevropa orqali okeanga olib chiqishimiz va butun dunyoga yetkazib berishimiz mumkin», dedi AQSH prezidenti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi
- Mustaqillikning oʻttiz bir yillik bayrami “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoya asosida nishonlanadi
- Jo Bayden “COVID-19”dan qutula olmayapti. Uning beshinchi testi ham ijobiy natija koʻrsatdi
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- AQSH «Al-Qoida» yetakchisi Ayman Zavohiriyni yoʻq qildi
- Ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifasi qoʻyildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring