Bayden Putin bilan qachon uchrashishi mumkinligini maʼlum qildi

02:25 05 May 2021 Dunyo
411 0

AQSH prezidenti Jo Bayden iyun oyida Yevropaga safari chogʻida Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muzokaralar oʻtkazishga umid qilayotganini maʼlum qildi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

«Umid qilaman va buni kutyapman. Biz bu uchrashuv ustida ishlayapmiz», dedi Bayden bu muloqot istiqbollari haqidagi savolga javob berar ekan.

Avvalroq AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya va AQSH prezidentlari Vladimir Putin va Jo Baydenning mumkin boʻlgan uchrashuvi ikkala davlatga ham foyda keltirishini aytib oʻtgandi.

Aprel oyi oʻrtalarida AQSH prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti chogʻida unga uchinchi mamlakatda uchrashuv oʻtkazishni taklif qilgan edi.

Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov, oʻz navbatida, Vladimir Putinning Amerika yetakchisi Jo Bayden ishtirokidagi sammitda ishtirok etishi toʻgʻrisida rasmiy javob yoʻqligini bildirgan. Kreml vakilining soʻzlariga koʻra, hozirda ushbu taklif oʻrganilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?