“Bayden narkotik kartellari uchun eng yaxshi biznes sherik” — Kongress aʼzosi

Foto: Reuters
AQSH Kongressi aʼzosi Marjori Teylor Grin AQSH prezidenti Jo Baydenning Ukrainaga moliyaviy yordamning yangi transhini ajratish istagini keskin baholadi.
Siyosatchi Bayden AQSH chegaralari bilan bogʻliq muammolarga koʻz yumib, Kiyevga 37,7 milliard dollar oʻtkazmoqchi ekanligiga eʼtibor qaratgan.
“Bayden narkotik kartellari uchun eng yaxshi biznes sherik. Va u Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy davrida vitse-prezidentlikni ajoyib uddalamoqda”, deydi Grin.
Oq uy rahbari 15-noyabr kuni Kongressdan Ukraina uchun yana 37 milliard dollar yordam soʻragan. U “COVID-19” va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish uchun yana 10 milliard olish istagini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring