Bayden amerikaliklarni Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashmaslikka chaqirdi

Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden amerikaliklarni Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashishmaslikka chaqirdi.
“Amerika fuqarolari Ukrainaga bormasligi kerak”, deydi AQSH yetakchisi. Baydenning qoʻshimcha qilishicha, u Ukrainada bir necha amerikalik gʻoyib boʻlgani haqida xabardor qilingan. Prezidentning soʻzlariga koʻra, Oq uy ularning qayerda ekanligi haqida hozircha maʼlumot olmagan.
Avvalroq, AQSH Davlat departamentining rasmiy vakili Ned Prays AQSH Ukrainada asirga olingan va harbiy harakatlarda qatnashish uchun u yerga borgan amerikalik fuqarolar taqdiri yuzasidan Rossiya bilan bogʻlanishga rozi boʻlganini maʼlum qilgandi. Shu bilan birga, u Vashington hozircha Moskvaga bunday iltimos bilan murojaat qilmaganiga ishora qildi.
Avvalroq Buyuk Britaniyaning “The Telegraph” nashri rossiyalik harbiylar Kiyev tomonida jang qilgan ikki amerikalik yollanma askarni Xarkov chekkasida qoʻlga olgani haqida xabar bergan edi. Nashrga koʻra, 39 yoshli Aleksandr Dryuke va 27 yoshli Endi Xyuyn Ukrainda qoʻlga olingan birinchi AQSH fuqarolari hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi
- Mustaqillikning oʻttiz bir yillik bayrami “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoya asosida nishonlanadi
- Jo Bayden “COVID-19”dan qutula olmayapti. Uning beshinchi testi ham ijobiy natija koʻrsatdi
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- AQSH «Al-Qoida» yetakchisi Ayman Zavohiriyni yoʻq qildi
- Ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifasi qoʻyildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring