Bahodir Jalolov yarim finalga yoʻl olib, Olimpiada medalini naqd qildi
Delegatsiyamiz Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining boks dasturida dastlabki medalini naqd qilib qoʻydi. Bu medalni Bahodir Jalolov jamoamiz hisobiga keltirmoqda.
Hindistonlik Satish Kumarga qarshi kechgan jangda Jalolov yaqqol ustunlik bilan gʻalaba qozonib, yarim finalga yoʻl oldi,deb xabar berdi MOQ.
Bilasiz, boks bellashuvlarida yarim finalda imkoniyatni boy bergan sportchi bronza medali bilan taqdirlanadi. Biroq biz Jalolovdan oltin medal kutamiz, albatta!
Endi Jalolov final yoʻllanmasi uchun buyuk britaniyalik Freyzer Klark va fransiyalik Murod Aliyev oʻrtasidagi jang gʻolibiga qarshi ringga koʻtariladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring