Bahodir Yusupaliyev: “Har bir saylovchida niqob boʻlishi kerak”

12:27 23 Oktyabr 2021 Jamiyat
155 0

Фото: МСК Матбуот маркази

Har bir saylov uchastkalari aʼzolarining barchasi emlangan. Barcha saylov uchastkalari saylovni oʻtkazish uchun tayyor holatga keltirilgan.

Bu haqda Markaziy saylov komissiyasida boʻlib oʻtgan tadbirda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev maʼlum qildi.

Shuningdek, B. Yusupaliyev oʻz chiqishida barcha saylovchilarga teng huquq berilishi shartligi haqida toʻxtalib oʻtdi.

«Har bir saylovchida niqob boʻlishi kerak. Agarda uning niqobi boʻlmasa, unga shu saylov uchastkasining oʻzida niqob beriladi. Niqoblar barcha saylovchilar uchun yetarli, uning zaxirasi yaratilgan. Keyingi masala harorati belgilangan meʼyordan ortiq (37 С dan yuqori) boʻlgan fuqarolar uchun alohida joylar tayyorlangan. Ular ham saylov huquqidan foydalanadi.

 

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?