Bоgʻdodda birdaniga 2 ta portlash yuz berdi, hozircha qurbon boʻlganlar 20 nafar

15:57 21 Yanvar 2021 Dunyo
2201 0

Bоgʻdod markazidagi Tayaran maydoni yaqinida ikkita portlash sodir boʻldi. Bu haqda “GardaWorld” nashri xabar bermoqda.

Dastlabki xabarlarga koʻra, portlashlardan biri terrorchi tomonidan sodir etilgan. Keyingi portlashning sababi hozircha nomaʼlum. Ikkinchi portlash qoʻlbola portlovchi moslama tufayli sodir boʻlganligi taxmin qilinmoqda. Hujum natijasida 20 kishi oʻlgan va 15 kishi yaralangan. Mutaxassislarning fikricha, yaqin soatlarda oʻlganlar soni ortishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?