Bagʻdod tumanida talabalarning oʻqishini koʻchirib bermoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

14:53 18 Iyun 2022 Jamiyat
510 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bagʻdod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar R.D., D.Yu. va X.A.lar qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi universiteti talabalari B. va D.ning ishonchiga kirib, ularning oʻqishini Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Fargʻona davlat universitetiga koʻchirib berish evaziga 800 AQSH dollari va 38 mln soʻmini hamda kontrakt toʻlovi uchun 36 mln soʻmini shuningdek, semestr imtihonlarini yakunlab berish evaziga yana 120 AQSH dollarini qoʻlga kiritganliklari aniqlanib, tekshiruv davomida D.Yu. tomonidan oʻz aybiga iqror boʻlib qaytargan 800 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?