Bagʻdod tumanida mijozlarga mutolaa imkoniyatini taklif etuvchi tamaddixonalar koʻpaymoqda

Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona viloyatining Bagʻdod tumanida yengil tamaddi qilish istagida boʻlgan xoʻrandalarga dastlab eng sara adabiyotlar va maxsus QR-kodli kitoblar “menyu”sini taqdim etuvchi tamaddixonalar koʻpaymoqda. Quvonarlisi, ushbu ezgu tashabbus aholiga umumiy ovqatlanish xizmati koʻrsatuvchi tadbirkorlar tomonidan bajonidil qoʻllab-quvvatlanayotir. Kuni kecha tumanning yana ikkita manzilida zamonaviy bukkafe (book-cafe) faoliyatini boshladi.
Tadbirkor Shohruh Abdurahimov oʻziga tegishli tamaddixonada bepul “WI-FI” hududi va moʻjaz kutubxona tashkil etdi. Bagʻdod tumani axborot-kutubxona markazi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman boʻlinmasi koʻmagida bukkafedagi kitob javoniga oʻnlab yangi badiiy asar joylashtirildi. Shuningdek, oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarining elektron nusxasi tushirilgan QR-kodli maxsus banner ham oʻrnatildi.
— Zamonaviy mezonlar asosida kitobxonlarimiz safini kengaytirib borish – asosiy maqsadimiz, — deydi Bagʻdod tuman axborot-kutubxona markazi rahbari Muattarxon Umarova. — Bu borada kitob mutolaasini ommalashtirishga befarq boʻlmagan tadbirkorlarning yordami katta boʻlmoqda. Bukkafelardagi kitoblar turli yoshdagi mijozlar uchun moʻljallangan va ular har hafta yangilanib turiladi.
Maʼlumotga koʻra, ayni paytda Bagʻdod tumani mahallalarida 40 ta “Ziyo doʻkoni”, 14 ta bukkafe hamda 20 dan ortiq manzilda bepul “WI-FI” hududlari faoliyat koʻrsatmoqda. Bu kabi ziyo maskanlarida 10 mingga yaqin kitobni asl va elektron koʻrinishida mutolaa qilish mumkin.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring