Bagʻdod dashtida bodomzor

Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona viloyatining Bagʻdod tumanida "Fergana-spinning“ MCHJ shaklidagi paxta-toʻqimachilik klasteri tashabbusi bilan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida koʻp yillar davomida foydalanilmagan yer maydonida bodomzor barpo etildi.
Taʼkidlash kerakki, yaydoq dasht hududida bir giyoh undirish va undan hosil olish oson ish emas. Qaqrab-qaqshab yotgan ariqlarga suv keltirish mashaqqatiniku, gapirmasa ham boʻladi.
— Dashtga unumdor tuproq tashib keltirildi va 200 tup bodom koʻchati ekildi, — deydi klaster direktori yordamchisi Durbek Obobakirov. — Shu tariqa 1,5 kilometr masofadan yangi ariq qazib, nihollarni sugʻorish uchun suv ham keltirildi. Bogʻimiz gullab-yashnab hosilga kirsa, topilgan daromadni ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirishni maqsad qilganmiz.
Aytish oʻrinliki, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida paxta-toʻqimachilik klasteri jamoasi tomonidan Bagʻdodda yangi yashil maydonlar barpo qilish va 10 ming tupdan ortiq gul, mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekish rejalashtirilgan.
Botir MADIYOROV, «Xalq soʻzi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti qoʻshma korхonalarni ishga tushirdi va Xitoy ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi
- “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
- “Markaziy Osiyo - Xitoy” birinchi sammiti. Ikkinchi kundan fotoreportaj
- Oʻzbekiston Prezidentining Xitoyga tashrifi samarali boʻldi
- Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida 20-may kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring